JCh saralashi. Saudiya Arabistoni yirik hisobda g‘alaba qozondi va O‘zbekistonni ortda qoldirdi

  • 31 mart, 2021, 00:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Falastin uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda maydon egalari 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘yinni katta ustunlik bilan o‘tkazgan mezbonlar 37-daqiqada Al-Shahroni tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni ochdi. Birinchi taym yakuniga qadar Faxad Al-Muvallad oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Keyinchalik, Solih Ash-Shehri dubl qayd etib, hisob yirik ko‘rinishga kelishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, Salim Al-Dovsari 88-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga 5:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Shunday qilib, 5-tur bahsida zafar quchgan Saudiya Arabistoni ochkolari sonini 11 taga etkazib olgan holda, 1-o‘ringa ko‘tarildi.

Endi saudiyaliklar navbatdagi uchrashuvni 3 iyun kuni Yaman milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!