
JCh saralashi. Yaponiya yirik hisobda zafar quchdi, Xitoy esa durang o‘ynadi
Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan o‘yinlar davom etadi. Yaponiya Myanmar darvozasiga 5 ta gol urgan bo‘lsa, Xitoy Tailand bilan durang o‘ynadi.
Myanmar - Yaponiya bahsida Nakamura ap Ogava dubl, Doan esa bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng yaponiyaliklar "B" guruhida 15 ochko bilan birinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi.
Xitoy - Tailand o‘yinida dastlab Sarachat hisobni ochgandi, 79-daqiqada Abduveli imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
Mazkur uchrashuvdan keyin Xitoy "C" guruhida 2, Tailand bo‘lsa 3-o‘rinda qoldi.
Fikrlar