JCh saralashidagi raqibimiz Chernogoriyaga qarshi maydonga tushadi

CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Eron termasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Chernogoriya futbolchilari bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Mazkur bellashuv 4 iyun kuni Chernogoriya poytaxti Podgoritsa shahrida bo‘lib o‘tadi. JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o‘rin olgan Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, JCh–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!