"Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?

  • 18 aprel, 2021, 03:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyaisining 31-turida Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi "Milan" maydoniga safar qiladi. Bo‘lg‘usi bahs oldidan genuyaliklar bosh murabbiyi Davide Ballardini matubot anjumanida ishtirok etdi:

Tecno

"Milan"ga qarshi turib bera olishning yagona yo‘li formani saqlash va eng yaxshi o‘yiningizni namoyish etish, xolos. Agar bor e’tiboringiz o‘yinga qaratilgan va jismoniy holatingiz yaxshi bo‘lmasa, bu kabi o‘yinda o‘zingizni juda katta tavakkal ostida qoldirasiz. 

Zlatanning yo‘qligi raqibga katta ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylamayman. Ibragimovich "Milan"da shu qadar katta o‘ringa egaki, u yo‘q bo‘lsa ham, jamoada inertsiyasi sezilib turadi. Qarshimizda mutlaqo boshqacha "Milan" turibdi. So‘nggi bor ular bilan karantin boshlanmasdan avval o‘ynagandim. Bugun "rossonerilar" katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi va butunlay boshqacha kayfiyatda. Hech bir jamoa o‘z darajasida futbol o‘ynamay, tinimsiz ochko yo‘qotayotgan bir paytda ular barqaror o‘yin namoyish etib, muhim ochkolarni jamg‘arib oldilar. 

"Milan" bejizga turnir jadvalining 2-pog‘onasida emas. O‘tkazgan uchrashuvlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularga mehmonda o‘ynash qulayroq. Sababi, bunda futbolchilarda kengroq maydon bo‘ladi va ko‘plab kombinatsiyalarni o‘xshatish mumkin. 

Ayni paytda qarshimizda turgan katta o‘yinni hal qilib olishimiz zarur. "Benevento" haqida "Milan" bilan to‘qnashuvimiz yakunlangachgina gapira olaman", - dedi Ballardini. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!