
"Jenoa" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, "Milan" ustozi nimalar dedi?
Italiya A Seriyasining 31-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Milan" - "Jenoa" bahsi "rossonerilar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanganidan xabardorsiz. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Stefano Pioli quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Oldimizda qator qiyin o‘yinlar turganini va bugungi raqib bizga mana shunday og‘ir to‘qnashuv taklif qilishini bilgandik. Juda ko‘plab imkoniyatlarimizni ko‘kka sovurdik.
Uchrashuv taqdirini birinchi taymning o‘zida hal etib qo‘yish imkoniyatimiz ham bor edi. Xatolar sabab so‘nggi daqiqagacha tahlika ostida qolishga majbur bo‘ldik. Eng muhimi, kerakli 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.
Rebich, asosan, markaziy hujumchiga yordam beruvchi futbolchi sanaladi. Mavsum davomida qanotlar orqali Leau va Ibragimovichni yaxshi qo‘llab-quvvatlab keldi. Bugun yuqori texnik mahorati evaziga juda chiroyli gol urdi", - dedi Pioli.
Fikrlar