"Jenoa"dan kambek. Eldor Shomurodov esa ilk assistni amalga oshirdi

  • 26.11.2020 22:58
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol

Italiya kubogi 4-bosqichida "Jenoa" safarda "Sampdoriya" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda mezbonlar birinchi bo‘lib hisobni ochishdi. Biroq mehmonlar ikkinchi bo‘limda iroda namoyish etib, 3 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 85-daqiqada almashtirildi.

E’tiborga molik tomoni, hujumchimiz "Jenoa"ning birinchi golida assistentlik qildi. Bu uning Italiyadagi ilk muvaffaqiyatli harakatiga aylandi. Shomurodov tufayli jamoasi hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, "Jenoa" Italiya kubogi nimchorak finaliga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abduvali Rustamov
27/11/2020 18:07
Qoyil darvozabon bilan 1 ga 1chiqib ozi tepmasdan sherigiga beripti.
Дилшод Даврлнов
27/11/2020 11:32
Элдор бошланиши яхши энди Сендан голар кутиб коламиз бутун УЗБЕКИСТОН МУХЛИСЛАРИНГ ОЛГА ОЛГА ЭЛДОР
Rustam Raxmatullaev
27/11/2020 00:05
Boshlanishi chakkimas Eldor