Jerom Boateng: Umid qilamanki mavsum so‘nggiga qadar boshqa jarohat olmayman

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Jerom Boateng uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Futbolchi jiddiy jarohatdan tiklanib, safga qo‘shilganidan so‘ng, bu boradagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu ajoyib hissiyot. Vanihoyat men yana maydonga qaytdim. Bu holtga kelishim uchun ko‘p kuch sarfladim. Buning uchun jamoadagilarga va oila a’zolarimga alohida minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki mavsum so‘nggiga qadar boshqa jarohat olmayman", - deydi Boateng "Bavariya" klubi rasmiy saytiga bergan intervyusida.


Eslatib o‘tamiz, Boateng o‘tgan yilning 23 noyabrda jarohat olib safdan chiqqan edi. Shundan so‘ng u operatsiya qilinib, nihoyat tarkibga qaytdi. Boateng kecha bo‘lib o‘tgan "Ayntraxt"ga qarshi bahsda Xavi Martinesning o‘rniga zahiradan maydonga tushirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!