Jerrard: Hozirgi "Liverpul"da kamchilik ko‘rmayapman

  • 29 sentabr, 2018, 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard jamoaning braziliyalik forvardi Roberto Firmino haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi. Shuningdek mersisaydliklarning ko‘rsatayotgan o‘yinini ham maqtadi.

Tecno

“Agar e’tibor bersangiz Firmino – so‘zsiz daho. U jamoasining samarali hujum tashkil etishiga va undan foydalanishiga harakat qiladi. “Liverpul”ning boshqa hujumchilari ham yaxshi, lekin Firmino eng muhim futbolchi.

Umuman olganda “Liverpul” hujum pozitsiyasida etarli kadrlarga ega. Masalan, Saloh yoki Mane jarohat olsa, ayni damda ajoyib formaga kirib borayotgan Starrij bor. Origi va Solanke ham shular jumlasidandir.

Hozirgi “Liverpul”da hech qanday kamchilik ko‘rmayapman. Bu jamoa so‘nggi yillardagi eng kuchli tarkibga ega. Ularga etishmayotgan yagona narsa bu – mahorat”, - deydi Jerrard.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp shogirdlari ayni damda APLda o‘tgan 6ta turdan so‘ng 100 foizlik natija ko‘rsatishib peshqadamlik qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!