Jerrard: "Mourino davrida "Real" meni haqiqatdan ham sotib olmoqchi bo‘lgan"

  • 8 oktabr, 02:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning afsonaviy futbolchisi Stiven Jerrard o‘z vaqtida "Real Madrid" uni transfer qilishga uringanini esladi.

Tecno

"Agar "Liverpul" muxlisi sifatida fikr bildirmasam, o‘ylaymanki, har qanday futbolchiga "Barselona" yoki "Real Madrid" taklif bilan chiqsa, albatta, ularga qarab qoladi. Buni hozir "Liverpul" shlyapasini echgan holda aytyapman.

"Real" menga Joze Mourino boshqaruvi davrida jiddiy tarzda qiziqqandi. Rostini aytsam, men ham o‘shanda bu taklifga e’tibor qaratganman. Bu holat "Chelsi"dagi voqeadek katta shov-shuvga aylanmadi, chunki hammasi tez tugagan — vaqt mos kelmagan va mendan talab qilingan shartlar men uchun qulay bo‘lmagan.

Lekin bu taklif mening diqqatimni jalb qilgandi. Farqi yo‘q — sen "Manchester Yunayted" muxlisimi yoki yo‘qmi, "Real" va "Barselona" — bu ikki ulkan klub. Ular seni chaqirsa, kim bo‘lishingdan qat’i nazar, sen ularga qaraysan. Aks holda, sen odam emas ekansan", — dedi Jerrard Rio Ferdinand bilan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!