
Jerrard Saudiya klubiga Evropadan 2 ta yulduz futbolchi olib kelmoqchi
"Al-Ittifoq" boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan Stiven Jerrard yangi jamoasiga "Liverpul" sardorini olib kelmoqchi.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, Saudiya klubi ustozi Jordan Xendersonni yangi jamoasiga qo‘shilishga ko‘ndirishga harakat qilishi mumkin. Aytish kerakki, ular 2011 yildan 2015 yilgacha "qizillar" safida birga o‘ynashgan.
Jerrard shuningdek, “Al-Ittifoq”ga “Chelsi” hujumchisi Per-Emerik Obameyangni ham olib kelinishini xohlaydi.
Fikrlar