Jeyk Pol WBA reytingidan chiqarildi
Boks yulduzi Entoni Joshuadan nokautga uchragan Jeyk Pol Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) 90,7 kg vazn toifasidagi rasmiy reytingidan chiqarildi. Bu haqida "Boxing Scene" nashri xabar bermoqda.
Qaror reytinglar yangilanishida aks etgan.
Avvalroq, Jeykning reytingga kiritilishi boks jamoatchiligida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi. Ko‘plab ekspertlar bu qarorni tanqid qilib, uning raqiblari darajasi da’vogarlik maqomiga mos kelmasligi va sanktsiya beruvchi organ uning mashhurligini monetizatsiya qilishga urinayotgani, bu esa chempionlik jangi yo‘lini osonlashtirishini ta’kidlagandi.
Ma’lumot uchun, hozirda professional rekordi 12-2 bo‘lgan Pol birinchi marta 2025 yil iyun oyida WBA ning TOP-15 taligiga kirib, Xulio Sezar Chaves ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin 14-o‘rinni egallagandi.
Fikrlar