Jiru "Milan"ga yordam bera oladi
“Milan” hujumchisi Olive Jiru jarohatidan forig‘ bo‘ldi va yana umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
Belidagi jarohat tufayli oxirgi 2 ta uchrashuvni o‘tkazib yuborgan frantsiyalik futbolchi navbatdagi turda “Spetsiya”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda “rossonerilar”ga yordam berishi mumkin. Uning hozirgi jismoniy holati asosiy tarkibda maydonga tushishga imkon bermasligi mumkin, biroq u zaxiradan o‘yinga qo‘shila oladi.
Ma’lumot uchun, «Spetsiya» – «Milan» uchrashuvi 25 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Fikrlar