
Jiru yana Frantsiyaga qaytishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Olive Jiru "Bordo"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra frantsuz klubi 32 yoshli frantsiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishmochi. Ta’kidlash lozimki Jiruning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Ammo, londonliklarda ushbu kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqi bor.
Eslatib o‘tamiz, Jiru uchun Frantsiya chempionati begona emas. Boisi, u faoliyati davomida "Grenobl", "Istr", "Tur" va "Monpele" kabi frantsuz jamoalarida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar