Jiruni A Seriyaga chorlashmoqda

  • 19 may, 2021, 21:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Joriy mavsum yakunlangach erkin agentga aylanadigan 34 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Milan" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu transfer ustida shaxsan "rossonerilar" sport direktori Paolo Maldini ish olib bormoqda.

Jiru joriy mavsum premer-ligada jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda raqiblari darvozasiga 11 ta gol urdi.

“Chelsi” APL musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Milan” A Seriyada 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!