
Jokovich Rimdagi turnirda g‘alaba qozonib, Nadalni ortda qoldirdi
Rimdagi "Masters" turniri o‘z yakuniga etdi.
Final bahsida serbiyalik Novak Jokovich argentinalik raketka ustasi Diego Shvartsmanni mag‘lub etib, bosh sovrinni o‘ziniki qildi. Birinchi setda raqibiga munosib qarshilik ko‘rsatgan Shvartsman keyingisida ustunlikni tajribali Novakka boy berdi. Yakuniy hisob: 7:5, 6:3.
Bu natija Jokovichning "Masters" turkumiga kiruvchi turnirlardagi 36-tituli sifatida tarixga kirdi. Uning raqobatchisi Rafael Nadal hisobida 35 ta shunday sovrin mavjud.
Jahonning birinchi raqamli raketka ustasi endi 1000 reyting ochkosi hamda 3 854 000 dollar pul mukofotini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar