Jorje Mendesh: Ronaldu Pelening rekordini yangilaydi va tarixdagi eng yaxshi to‘purar bo‘ladi

  • 16 oktabr, 2019, 17:53
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Jorje Mendesh Krishtianu Ronaldu Pelening rekordini yangilashi borasida gapirdi.

Tecno

"Uning statistikasi aldamaydi va u Ronaldu rekordlarni qanday buzyotganini ko‘rsatib turadi.

Bu Ronalduni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi qila oladi. Uning Angliya, Ispaniya, Italiya klublaridagi va Portugaliya terma jamoasidagi faoliyati qolgan o‘yinchilardan ustun ekanligini isbotlab turadi.

Fakt shuki, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan turli musobaqalarda 3 ta finalda o‘ynagan va ularning 2 tasida g‘olib bo‘lgan.

Ronaldu faoliyatidagi 700-golini urdi. Bu aqlbovar qilmas natija. Shu qatorda, shubham yo‘q-ki, u Pelening rekordini ham yangilaydi va futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanadi. Ronaldu bu ishni "Yuventus"da amalga oshiradi.

Mavsum yakunida 68 ta gol urish bu Ronaldu uchun kam, shunday emasmi? Ishonch bilan aytamanki, uning ajoyib o‘yinlari hali oldinda," - dedi Mendesh.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davron Kurbanov
19/10/2019 10:17
Ranolduning shunday harakteri tufayli Real Madrid klubi chempionlar ligasining ko'p martra g'olib bo'lgan
Davron Kurbanov
19/10/2019 10:15
Bizning terma jamomizga ham shunday futbolchi kerak.Masuliyatni o'z bo'yniga oladigan.Chunki barcha bo'ladigan o'yilarga jiddiy qaraydi ,nima bo'lsa ham jamoni yutishi uchun oxirigacha barcha imkoniyatlarini ishga soladi.