Zhoze Mourin'yu "Barselona" futbolchisini "Real"ga olib kelishi mumkin
Mourin'yu 28 yoshli Markus Reşford "Real"ga olib kelishi mumkinligi haqida “ES Sport” nashri xabar bermoqda.
Ayni damda angliyalik vinger "Barselona" safida ijara asosida to'p surmoqda. "Qirollik klubi” qayta bosh murabbiyi bo‘lishi kutilayotgan Jose Mourin'yuga Reşfordning o‘yin uslubi yoqadi, Markus 2016-2018 yillarda Jose qo‘l ostida "mankunialiklar" safida o‘ynagan. MYu futbolchini ijaraga berishni istamayotgani va "Barselona"ga sotib olish shartini qo‘ygani, shuningdek, Mourin'yu bilan eski aloqalar sabab Markusning "qaymoqranglilar" safiga olib kelinishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Reşford ushbu mavsum "Barselona" tarkibida 48 bahsda maydonga tushib, 14 gol va 14 golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Mirzaev Salohiddin

Fikrlar