Kabo-Verde tarixiy mundialni munosib tarzda yakunladi
Kabo-Verde terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 finalida Argentinga qo‘shimcha vaqtlarda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi.
⠀
Bu Afrika vakili uchun tarixdagi ilk Jahon chempionati bo‘ldi. Jamoa debut turnirida munosib ishtirok etib, asosiy vaqtda biror marta ham mag‘lubiyatga uchramadi.
⠀
Guruh bosqichida Kabo-Verde Ispaniya (0:0), Urugvay (2:2) va Saudiya Arabistoni (0:0) bilan durang o‘ynab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
⠀
Argentinga qarshi bahsda ham Bubishta shogirdlari xarakter namoyon qildi. Jamoa 59 va 103-daqiqalarda hisobni ikki marta tenglashtirdi, ammo qo‘shimcha vaqt oxirida o‘tkazib yuborilgan gol sabab musobaqani tark etdi.
⠀
Shunga qaramay, Kabo-Verde o‘zining ilk Jahon chempionatidagi ishtiroki bilan ko‘pchilik e’tiborini tortdi va turnirning eng yorqin syurprizlaridan biriga aylandi.

Fikrlar