Kamaru Usman: "Nazariy jihatdan jang natijasi ma’lum"

  • 21.11.2024 15:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usman Rahmonov va Garri o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Shavkatdek quturgan yigitga qarshi turish oson emas. U to‘xtovsiz harakat qilyapti. Shuningdek, Ian Garri ham anoyilardanmas. Menimcha, bo‘lajak bahsda u masofani saqlab, jang qilsa kerak. Garchi nazariy jihatdan Rahmonovning imkoniyatlari kattaroq ekanini aytsamda, amalda nima sodir bo‘lishini bilmayman", - dedi amerikalik jangchi.

Eslatib o‘tamiz, 8 dekabr kuni "UFC 310" turnirida Shavkat Rahmonov va Man Garri o‘zaro to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!