Kamoliddin Tojiev: "Buxoro"ning qarshi hujumidan xavotirdaman" (matbuot anjumani)

  • 28 oktabr, 19:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev "Buxoro"ga qarshi O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Har bir uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rgandek bu uchrashuvga ham shunday tayyorlandik. Eng muhimi yaxshi kayfiyatda etib keldik. Ertangi bellashuvga jamoamiz bilan to‘liq tayyormiz. Shuningdek, yaxshi o‘yin namoyish etib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz". 
 
Raqibni qanchalik o‘rgandingiz? 
 
Sardor Sobirxo‘jaev: "Murabbiyimiz bilan o‘tgan uchrashuvlarga qanday tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsak, bu bahsga ham shunday tayyorgarlik ko‘rdik. Ertaga yaxshi jang bo‘ladi deb o‘ylayman" 
 
"Paxtakor" bir necha kun oldin "Buxoro"ni Superliga doirasida mag‘lub etdi. Kubokda esa "Buxoro" har bir bosqichda o‘zidan kuchli bo‘lgan raqiblar bilan o‘ynab, engib keldi. Bu futbolchilarga ta’sir qilmaydimi? 

 
"Bizda bunday fikr bo‘lmagan. Ayniqsa, finalga kuchsiz raqibning o‘zi etib kelmaydi. Favoritmiz deb maydonga chiqishning o‘zi noto‘g‘ri. Ertaga ancha kuchli jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Hech qanaqa jamoani mensimasdan tushmaymiz. 4:0 yutdik, lekin o‘sha uchrashuvda ham "Buxoro" yaxshi harakat qilgan edi. 
 
"Paxtakor" ishtirokidagi so‘nggi finalda jamoa favorit hisoblangan lekin kutilmaganda mag‘lub bo‘lgan edi. "Buxoro"ga qarshi o‘ynash qanchalik qiyin? 
 

Sardor Sobirxo‘jaev: "Endi bu final. 1 ta uchrashuvda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Qizil kartochkami, penaltimi - barchasi bo‘lishi mumkin". 
 
"Paxtakor" mavsum boshida "Al-Hilol"ga yutqazib, Evrokuboklarni tark etgan edi. Biroq, ertaga yutsa yana Evrokuboklar uchun qaytishi mumkin. 
 
Murabbiy: "Albatta ertaga g‘alaba qozonib, Osiyoga Chempionlar ligasiga qaytishga harakat qilamiz. Shu sabab, ertaga bor kuchimizni beramiz. Chempionatda ham so‘nggi turgacha kurashamiz". 
 
"Paxtakor"ga yangi terma jamoa uchun tortadigan nomlar kelib qo‘shildi. Bu esa jamoani yanada kuchaytirdi. Kelasi mavsum uchun klubdagi ayrim yulduzli futbolchilar saqlab qolinadimi? 
 
Murabbiy: "Albatta, har bir futbolchini saqlab qolishni istaymiz. Lekin ular istasa qo‘yib yuborishga ham tayyormiz". 
 
Katta ehtimol "Buxoro" ikkinchi raqamda harakat qilsa kerak. "Paxtakor"da esa imkoniyatlar kam bo‘lishi mumkin. Bu jamoaga qanchalik ta’sir qiladi. 
 
Sardor Sobirxo‘jaev: "Ruhiy jihatdan albatta bosim bo‘lishi tabiiy. Biroq, jamoamizda etarlicha ijrochilar bor. Ularga ishonaman ertaga o‘zlarini namoyish etishadi". 
 
"Buxoro"ning aynan qaysi xavfli jihatlarini ta’kidlagan bo‘lar edingiz? 
 
Murabbiy: "Buxoro" qarshi hujumda yaxshi harakat qiladi. Ularning shu jihatidan biroz xavotir olib turibmiz". 
 
Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan uchrashdingizmi? 
 
Sardor Sobirxo‘jaev: "Yo‘q, afsuski safarga ketib qolibdilar. Lekin o‘yingacha etib keladilar".

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!