"Kanelo" o‘zining navbatdagi g‘alabasiga erishdi
Las-Vegasda boks oqshomi bo‘lib o‘tdi, kechaning asosiy jangida Saul Alvares va Jermell Charlo super o‘rta vazn mutlaq chempionligi uchun ringga ko‘tarildi.
To‘qnashuv to‘liq 12 raund davom etdi va yakunda bir ovozdan "Kanelo" g‘alaba qozondi - 119-108, 118-109, 118-109.
Mazkur jang uchun Charlo ikki vazn yuqoriga ko‘tarilishga majbur bo‘lgan edi.
"Kanelo" esa, super o‘rta vazn toifasidagi mutlaq chempinolik maqomini saqlab qoldi. Bungacha u Jon Rayder va Gennadiy Golovkinga qarshi ikkita himoya jangini muvaffaqiyatli tugatgan.

Fikrlar