
Kante "Chelsi"da qolmoqchi
"Chelsi" yarim himoyachisi N’Golo Kante London klubidagi kelajagi haqida gapirdi. Avvalroq, 32 yoshli frantsiyalik futbolchi yozda "Arsenal"ga o‘tishga rozi bo‘lgani, ammo "aristokratlar"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Maurisio Pochettino uni jamoada olib qolmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
“Men “Chelsi”dagi yangi loyihaning bir qismi bo‘lishni xohlayman, bu juda qiziqarli loyiha. Afsuski, joriy mavsumda o‘zimga munosib saviyani ko‘rsata olmayapman. Yozda qaerda bo‘lishimni esa bilmayman”, - deya Kantening so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sky Sports.
Ma’lumot uchun, Kante joriy 2022/23 yilgi mavsumda “Chelsi” safida barcha musobaqalarda jami to‘qqizta o‘yinda ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Kantening klub bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar