Kanute "Tottenxem"ning bu qadar yuksalishida kimning mehnatlari kattaligini aytdi

  • 1 noyabr, 2019, 15:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi sobiq hujumchisi Frederik Kanute "shporlar" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning imkoniyatlarini judayam yuqori baholadi.

Tecno

“Menga uning murabbiylik uslubi, ya’ni maydondagi futbolchilarning tajovuzkorligi judayam yoqadi. Jamoa o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi finaliga qadar etib bora oldi, bunda shubhasiz Pochettinoning mehnatlari katta. Londonliklarning mavsumni bu qadar omadsiz boshlaganliklari men uchun syurpriz bo‘ldi. Ular allaqachon Angliya liga kubogidan chiqib ketishdi, APLda esa 11-o‘rinda ketishmoqda... Yigitlar ushbu vaziyatni o‘nglay olishadi deb umid qilaman”, - deydi Kanute.

Ma’lumot uchun, Kanute 2003-2005 yillarda “Tottenxem” safida to‘p surgan va 71 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 18 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Maurisio Pochettino “Tottenxem”ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!