Karim “Barselona” taklifini mensimadi

  • 20 fevral, 2022, 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Zaltsburg” hujumchisi Karim Adeyemi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelib bo‘ldi.

Tecno

Germaniyalik yosh futbolchi iste’dodlarni yangi bosqichga ko‘tarishi bilan mashhur bo‘lgan Dortmundning “Borussiya” klubida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Karim o‘z maqsadi yo‘lida “Barselona” singari nomdor klub taklifini ham qabul qilmadi.

Adeyemi markaziy hujumchi va ikki qanot hujumkor futbolchisi vazifasini uddalay oladi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 30 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va to‘rtta golli pas yozdirib qo‘ydi.

20 yoshli futbolchining Avstriya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Hujumchining transfer summasi 35 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Frenki De Yong
21/02/2022 08:44
Админларга тшунмайман доим шундай. Гап Карим Адайеми хақида гап кетганда кейин шуни расмини қўйилар Хавини расмини урамизми