
Karlsen qo‘shchempionlik haqida: Buni eng maqbul echim deb hisobladim
25 dekabrdan 1 yanvarga qadar AQShning Nyu-York shtatida shaxmat sport turi doirasida "Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati" turniri o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Bir necha kun avval mazkur turnirning rapid bahslari yakunlangan bo‘lsa, bugun blits yo‘nalishidagi o‘yinlar ham o‘z yakuniga etdi. Erkaklar o‘rtasida mazkur yo‘nalishda bir yo‘la ikki chempion taqdirlandi.
Magnus Karlsen hamda Yan Nepomnyaщiy 2024 yilgi blits bo‘yicha jahon chempionlari, deya e’lon qilindi.
Karlsenning o‘zi chempionlikni bo‘lishish g‘oyasi haqida fikr bildirdi:
“O‘sha paytda biz allaqachon juda uzoq vaqt o‘ynab bo‘lgandik. Eng avvalo, men bahsni tugatganimdan xursand edim. Aynan o‘sha pallada, kimdir birinchi o‘rin, kimdir esa ikkinchi o‘rinni olsa, bu ikkalamiz uchun ham juda shafqatsiz bo‘lardi. Shuning uchun, men buni maqbul echim deb hisobladim.”
Fikrlar