Karpin: Almkvist Shomurodovning darajasiga etishiga hali erta

  • 1 noyabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rostov” bosh murabbiyi Valeriy Karpin premer-liga doirasida “Spartak” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, jamoadagi o‘zgarishlar va yangi futbolchilar haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Jamoada avvalgi 23 kishilik tarkibdan etti nafari qoldi. Hatto Normann va Bayramyan ham jarohatlangan. Jamoa 70-80 foizga yangilandi. O‘yinimiz va tarkibimiz bahorga borib, to‘liq  shakllanadi, deyish mumkin.

Pontus Almkvistni Shomurodovning darajasiga etishiga hali juda erta. Uning mashg‘ulotlarga kirishganiga bir hafta bo‘ldi.  Pontusni Eldor bilan solishtirmoqchi bo‘lsangiz, qishki yig‘inlardan keyin taqqoslab ko‘rish kerak, - dedi Valeriy Karpin.

Yozgi transferlar vaqtida “Rostov” futbolchilarni sotish bo‘yicha eng ko‘p daromad ko‘rgan jamoa bo‘ldi. Xususan, Eldor Shomurodovni olish uchun “Jenoa” rostovliklarga 7,5 million evro to‘ladi. Shuningdek, yana 1,5 million evroni bonus sifatida berib, o‘zbekistonlik hujumchining keyingi transferidan ulush ajratadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!