
Kasilyas bugungi finalda ishtirok etadi
"Real", "Portu" va Ispaniya terma jamoalarining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas JCh-2022 yopilish marosimida ishtirok etadi.
Kasilyas Argentina va Frantsiya o‘rtasidagi jahon chempionati kubogini "Lusail" stadioniga olib kiradi, deb xabar berdi Marca. Ilgari Iker JCh-2018 ochilish marosimida ishtirok etgandi. Uning vazifasi o‘shanda ham shunga o‘xshash edi.
Frantsiya pley-off bosqichida Polsha (3:1), Angliya (2:1) va Marokash (2:0) jamoalarini mag‘lub etdi. Argentinaliklar esa Avstraliya (2:1), Niderlandiya (2:2, 4:3 pen.) va Xorvatiyani (3:0) engib, eng so‘nggi bosqichga etib keldi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Ushbu jamoalar Rossiyada o‘tgan mundialda nimchorak finalda o‘zaro to‘qnash kelgan edi.
Fikrlar