
Kassano: "Yuventus" muxlisi bo‘lganimda, jamoamdan uyalgan bo‘lardim"
Sobiq futbolchi Antonio Kassano "Yuventus" va uning bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini keskin tanqid qildi.
"Napoli" - "Yuventus" o‘yini haqiqatni fosh qiladigan bellashuv edi. Mezbonlar futboli ajoyib, sifatli va muhimi, ma’lum bir g‘oyaga asoslangan edi. Buni tomosha qilish men kabi har bir muxlisga zavq bag‘ishlaydi.
Aslida, "Yuve" "Napoli"dan ancha kuchli. Spalletti jamoada aqlbovar qilmaydigan ish qildi, u daho.
Allegri qo‘l ostida chempionlar jam bo‘lgan. Ammo u faqat himoyalanish haqida o‘ylamoqda. Agar turinliklar muxlisi bo‘lganimda, klubim va murabbiyimdan uyalgan bo‘lardim", - dedi italiyalik sobiq hujumchi.
Fikrlar