
Katanets: "Aliqulov bizni hayron qoldirdi"
O‘zbekiston JCh saralashi doirasida Turkmanistonni o‘z maydonida qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘en Srechko Katanets o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Birinchi bo‘limda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi, lekin ulardan foydalan olmadik. Ammo ikkinchi taymda futbolchilarimiz o‘z darajalarini ko‘rsatishdi va kerakli natijani qo‘lga kiritdik. Barcha terma jamoalar bizni hurmat qilishadi. Umid qilamanki keyingi bosqichda ham o‘yinchilarimiz shunday darajani ko‘rsatib berishadi.
- Birinchi bo‘limdan so‘ng futbolchilarga nimalar dedingiz? Oston O‘runov qulay vaziyatda turgan Shomurodovga pas bermadi. Siz unga nimadir dedingizmi?
- Ostonga keladigan bo‘lsak, unga hech nima demadim. Top futbolchilarda ham bunday holatga duch keladi. Ikkinchi bo‘limda bitta futbolchini markazga qo‘shdik va bu o‘z natijasini berdi. Ular har doim 4 ta himoyachi bilan o‘ynardi, bugun esa 5 ta himoyachi maydonda harakat qildi. Har bir uchrashuvdan so‘ng bitta narsani o‘zimiz uchun kashf qilamiz. Bugun Aliqulovni o‘ng qanotga qo‘ygandik, u esa bizni lol qoldirdi.
- Darvozabon muammosi hali ham bor. Nematovga ham balki imkoniyat berish kerakdir?
- Bizda darvozabonlar murabbiylari bor va men bu borada ularga quloq solaman. Hujumchilar ham xato qilishi mumkin, lekin biz ularni tezda kechirib yuboramiz.
Fikrlar