
"Katta gapirgan" Kurtua o‘z darvozasidan bir taymda 5 ta gol o‘tkazib yubordi va o‘rnini Navasga bo‘shatib berdi
Xabaringiz bor bugun Xalqaro chempionlar kubogi tijoriy doiraida AQShda Madridning ikki grandi - “Real” va “Atletiko” o‘zaro bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda 3:7 hisobida “matraschilar”ning qo‘li baland keldi.
E’tiborlisi, uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan “qirollik klubi” posboni Tibo Kurtua o‘yinning dastlabki 45 daqiqaligida o‘z darvozasidan naqd 5ta gol o‘tkazib yubordi. Shundan so‘ng, Zidan uning o‘rniga ikkinchi bo‘limda Keylor Navasni maydonga tushirdi. “Matraschilar” o‘yin oxiriga qadar kosta rikalik posbon qo‘riqlayotgan darvozaga 2 ta gol urishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kurtua o‘zini “Real”ning birinchi raqamli darvozaboni ekanini aytib o‘tgan edi.
Fikrlar