Katta yo‘qotishga uchragan “Real” Osiyodan yordam kutyapti

  • 10.11.2024 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” yangi transferga ehtiyoj sezmoqda. Madridliklar og‘ir jarohat tufayli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradigan Eder Militao o‘rniga boshqa himoyachi olishi kerak.

Football Espana va AS kabi nashrlarning ma’lum qilishicha, madridliklar yana Emerik Laport nomzodiga qaytdi. “Qirollik klubi” mutasaddilari “An-Nasr”da o‘ynayotgan ispan futbolchisini yozgi transferlar vaqtida ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgandi.

“Real” 30 yoshli futbolchidan saudiyaliklar bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilib, klubga erkin agent maqomida kelishini istayapti. Agar Laport amaldagi shartnomani to‘xtatsa, “Real” qishki transferlar oynasi ochilishini kutmasdan, uni istalgan vaqtda o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Laport joriy mavsumda barcha turnirlarda 15 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilishni ham uddaladi.

Tajribali o‘yinchining saudiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!