
Kelsang, “Real”dan ko‘p to‘laymiz!
Angliya premer-ligasida qolish uchun kurashayotgan “Nyukasl” qishki transferlar vaqtida bir necha yangi futbolchilarni olib kelmoqchi. Klub saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin ularda moliyaviy muammolar qolmadi.
“Nyukasl” mutasaddilari birinchilardan bo‘lib “Real” asosiy tarkibidagi joyini yo‘qotgan Iskoni olmoqchi. Ular 29 yoshli pleymeyker katta maosh bilan o‘ziga jalb qilmoqda.
Manbalarning xabar berishicha, inglizlar ispan yarim himoyachisi uchun yiliga 6 million evro maosh to‘lashni taklif qilyapti.
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu o‘yinchiga imkon bermasligini bildirgan va Iskoga xaridor chiqishini kutyapti.
Fikrlar