Kelvert-Lyuin, Xarvi Barns va Bukayo Saka Angliya terma jamoasiga ilk bor chaqirildi

  • 1 oktabr, 2020, 20:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabi oktyabr oyida o‘tkaziladigan o‘yinlar uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

E’tiborlisi, mavsumni ajoyib boshlagan “Everton” hujumchisi Dominik Kelvert-Lyuin, “Lester” xavbeki Xarvi Barns va “Arsenal” xavbeki Bukayo Saka Angliya terma jamoasiga ilk marta chaqirildi.

Darvozabonlar: Din Xenderson («Manchester Yunayted»), Nik Poup («Byornli»), Jordan Pikford («Everton»).

Himoyachilar: Trent Aleksandr-Arnold, Jo Gomes («Liverpul»), Ben Chilluell («Chelsi»), Konor Koudi («Vulverxempton»), Erik Dayer («Tottenxem»), Maykl Kin («Everton»), Xarri Maguayr («Manchester Yunayted»), Eynsli Meytland-Nayls («Arsenal»), Tayron Mingz («Aston Villa»), Kiran Tripper («Atletiko»), Kayl Uoker («Manchester Siti»).

Yarim himoyachilar: Jordan Xenderson («Liverpul»), Meyson Maunt («Chelsi»), Kelvin Fillips («Lids»), Deklan Rays («Vest Xem»), Jeyms Uord-Prouz («Sautgempton»), Xarri Uinks («Tottenxem»), Bukayo Saka («Arsenal»), Jek Grilish («Aston Villa»).

Hujumchilar: Temmi Abraxam («Chelsi»), Xarvi Barns («Lester»), Dominik Kelvert-Lyuin («Everton»), Denni Ingz («Sautgempton»), Xarri Keyn («Tottenxem»), Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund), Raxim Sterling («Manchester Siti»).

Angliya terma jamoasi dastlab, 8 oktyabr kuni Uels termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Keyin esa, 11 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi va 14 oktyabrda Daniyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi doirasida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!