Keyn: "Bu turnirdagi eng yaxshi hujumkor o‘yinimizni namoyish etdik"
Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn Jahon chempionati 1/16 finalida Kongo DR ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.
⠀
Eslatib o‘tamiz, angliyaliklar 75-daqiqagacha hisobda ortda borayotgan bo‘lsa-da, Keynning dubli evaziga uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi va 1/8 finalga yo‘l oldi.
⠀
"Ajoyib hissiyot. Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Biz yaxshi tashkilashgan va kuchli jamoaga qarshi maydonga tushdik. Suv ichish uchun berilgan birinchi tanaffusdan keyin o‘yinimizni kuchaytirdik. Raqib darvozaboni bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Ammo sabr qilishda davom etsangiz, imkoniyatlar albatta keladi.
⠀
Bizning jamoada istalgan futbolchi hal qiluvchi qahramonga aylanishi mumkin. Bunday bahslarda eng muhimi — sabrni saqlash. So‘nggi ikki uchrashuvimiz bir-biriga o‘xshadi. Bosim kuchaydi, ammo biz o‘z uslubimizga sodiq qoldik.
⠀
Menimcha, bu turnirdagi eng yaxshi hujumkor o‘yinimizni namoyish etdik. Endi har bir bahsda g‘alaba qozonish shart. O‘yindan keyin jamoadoshlarimga bu lahzalardan zavqlanishni aytdim. Ba’zan Angliya terma jamoasi futbolchilari sifatida g‘alabalarni yetarlicha nishonlamaymiz. Keyingi bosqichga chiqqan ekanmiz, buning qadriга yetishimiz kerak", — dedi Keyn.

Fikrlar