
Keza faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin
Federiko Kezaning "Yuventus" bilan shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi. Turin jamoasi futbolchini tekinga qo‘yib yubormaslik uchun sotishga qarshi emas.
26 yoshli italiyalik vinger "Bavariya" short-listdan joy olgan. Transfer taxminan 35-40 million evroga tushishi mumkin.
Keza joriy mavsumda 37 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol kiritgan va 2 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar