Kikboksing. Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

BEPUL PROPAN

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Tailandda kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Qit’a birinchiligida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Jumdajan, Low kick yo‘nalishida Jamoliddin Nosirov (-71 kg), Temurbek Holmatov (-81 kg) hamda Nazarbek Mahmudov (-51 kg), Light contact yo‘nalishida esa Aydos Ahmedov (-57 kg) va Sergey Kosolopov (69 kg) yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Light contact yo‘nalishida Dilrabo Tairova (-55 kg) va Malika Chorieva (65 kg), Full contact yo‘nalishida Hasanhon Baratov (+91kg) hamda Davlat Abdumurodov (-67 kg), K-1 yo‘nalishida  esa Asilbek Sodiqov (-60 kg) hal qiluvchi final janglarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!