Kikboksing – Olimpiya o‘yinlari ro‘yxatiga kiritildi!

CHERY AUTO

2021 yil 20 iyul kuni Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sessiyasida kikboksing sport turi olimpiya o‘yinlaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Bunda, albatta, #WAKO (Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi)ning roli katta. Ushbu maqsad yo‘lida WAKO 2018 yil 30 noyabrdan boshlab g‘ayrat va matonat bilan ish olib bordi.

WAKO prezidenti Roy Beyker: “Biz yana o‘z sportimiz tarixini yaratmoqdamiz va bu kun butun jamoamiz uchun unutilmas kun. Olimpiya sport oilasida sportimizni yanada rivojlantirish katta ilhom baxsh etadi. Bugun men Prezident Baxni doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun va XOQ a’zolaridan bizni Olimpiya sportlari oilasiga aylanishimizga yordam bergani uchun minnatdorman. Tashkilot rahbari sifatida menga sport turini rivojlantirishni davom ettirish va uning kelajagini Olimpiya oilasida jangovor sport turlari qatorida ta’minlash uchun bunday turtki kerak edi. Tashkilotimizdagi o‘z hissasini qo‘shgan barchaga rahmat Bizni kutib olgan XOQ a’zolariga, XOQ Sport departamentiga, XOQ Ijroiya qo‘mitasiga va uning prezidenti Tomas Baxga bizning sportimizni tushungani va bizni tavsiya qilgani uchun tashakkur”.

Roy Beyker o‘z so‘zida avvalgi WAKO prezidentlariga, janob Brukner, Borislav Pelevich, Emmeritus Ennio Falsoniyga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

"Fursatdan foydalanib aytishim mumkinki, ertaga biz rivojlanishda davom etamiz va yangi yanada katta va yaxshi maqsadlar sari intilamiz. Bu faqat a’zo federatsiyalarimiz, qit’a qo‘mitalari va ularning prezidentlari ko‘magida bo‘ladi", - dedi WAKO prezidenti.

WAKO, shuningdek, o‘z sportida xuddi shu maqsadga erishgan boshqa 5 Xalqaro Federatsiyani ham tabriklaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!