
Kimmix kelajagi haqida bir qarorga keldi
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix kelajagi haqida bir qarorga keldi. Jurnalist Santi Una xabariga ko‘ra, nemis yarim himoyachisi kamida bir mavsum myunxenliklarda qolishga qaror qilgan.
Manbaning xabar berishicha, futbolchining qarori yakuniy hisoblanadi. Kimmixning amaldagi shartnomasi 2025 yil yozida tugaydi.
Shu bilan birga, "Bavariya" 29 yoshli Jozua bilan shartnomani uzaytirishni istisno etmayapti.
Eslatib o‘tamiz, ushbu transfer oynasida Kimmix turli jamoalarga o‘tishi mumkin edi. Da’vogarlar ro‘yxatidan "Manchester Siti", Kataloniyaning "Barselona" va "PSJ" klublari bor edi.
Fikrlar