Kin A Seriyaning boshqa klubiga ko‘chib o‘tmoqda

  • 8 iyul, 2024, 22:49
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" "Yuventus"dan Moyze Kinni sotib oldi. Ammo hali bu transfer e’lon qilingani yo‘q. Klub rasmiy sahifasi orqali italiyalik futbolchini tibbiy ko‘rikdan o‘tganini ma’lum  qildi. 

Image

Hujumchining transferi uchun "Fiorentina" 13 + 5 million evro to‘ladi. O‘zi bilan esa uzoq yillik bitim imzolanadi, deya xabar bermoqda insayder Moretto Maretto. 

Kin uchun "Yuventus"dagi so‘nggi yillar og‘ir o‘tdi. U bir necha marta jarohat olib, yakuniga etgan mavsumda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta ham golda ishtirok eta olgani yo‘q. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!