
Klopp: Futbol - bu o‘yin-kulgi
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolning asosiy maqsadlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
- O‘tgan hafta "Chelsi" bilan o‘yinda durang natija qayd etdik. Uchrashuvdan so‘ng, Mauritstsio Sarri mendan "O‘yindan bahramand bo‘ldingmi?" deb so‘radi va men "Albatta" deya javob qaytardim.
Londonliklarga qarshi hamda "Man. Siti" bilan bahslarda ajoyib imkoniyatlarga ega edik. Shuni yana takrorlashim darkor, Futbol - odamlarning zavqini keltirish hamda ularni xursand qilish uchun yaratilgan, - deya Kloppning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian
Fikrlar