Klopp Germaniya terma jamoasi futbolchilariga jiddiy cheklovlar qoʻydi
Bild nashri xabar berishicha, Germaniya terma jamoasi futbolchilari uchun bir qator qatʼiy ichki qoidalar joriy etilgan.
Xususan, oʻyinchilarga mashq zali va massaj xonasida mobil telefonlardan foydalanish taqiqlangan. Shuningdek, terma jamoa yigʻini davomida soch oldirishga ham ruxsat berilmaydi.
Jamoa aʼzolari kechki ovqatga bir vaqtning oʻzida kelishlari shart qilib qoʻyilgan. Yaqin qarindoshlar va oila aʼzolari bilan uchrashuvlarga esa faqat alohida holatlarda, istisno tariqasida ruxsat beriladi.
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasini 2026 yil yozida qabul qilib olgan. Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin nemis mutaxassisi uzoq yillar davomida "Liverpul" klubida faoliyat yuritgan edi.

Fikrlar