
Klopp "Liverpul"ning Evropa ligasidan chiqib ketgani haqida: "Kambek qilmoqchi edik, biroq juda qiyin edi"
Evropa ligasining chorak finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi.
Dastlabki o‘yinda 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Liverpul" ikkinchi bahsda "Atalanta" darvozasiga bitta gol urdi. Ikkala o‘yin natijasiga ko‘ra, bergamoliklar yarim finalga yo‘l oldi.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng angliyaliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz o‘zimiz uchun vazifani qiyinlashtirib yuborganimiz aniq edi. Ammo yigitlar ko‘rsatgan istak va kuch bilan namoyish etgan o‘yinlari menga juda yoqdi. Bu ular uchun ajoyib bellashuv bo‘ldi.
Qiyin bellashuvda ishtirok etdik, ba’zi vaziyatlarda shoshib qolganimiz ham rost. Kambek qilmoqchi edik, biroq juda qiyin edi.
Musobaqani tark etdik, mendagi tuyg‘ular hozir aralash. Finalga, Dublinga borishni istagandik. Lekin bu amalga oshmadi, hozir "Liverpul"da faqat bitta musobaqa qoldi va bor kuchimizni o‘sha erda g‘olib bo‘lish uchun sarflaymiz", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar