Klopp "Liverpul"ning yangi himoyachisi haqida: U – bo‘lajak jamoa sardori

CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning yangi himoyachisi O‘zan Kabak haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"O‘zan Germaniyaga ancha yosh vaqtida kelgan. Uning ulkan iste’dodi barchaga ayon edi. U bor-yo‘g‘i 20 yoshda va  "Shalke"da, o‘zining ikkinchi klubida to‘p surdi. Afsuski, klub hozir yomon ahvolda. Har bir futbolchiga barqaror jamoa kerak, biz unga shunday imkoniyatni taklif qilishimiz mumkin.

Barqaror jamoa shakllantira olamiz. U o‘z o‘rnida o‘ynashi mumkin. Kabak 20 yoshda va maydonda xatosiz o‘ynashga majbur emas.

Devid Vagner ("Shalke" sobiq murabbiyi) Kabak bo‘lajak sardor ekanligini ta’kidlagandi. U kuchli xarakter egasi", - deydi Klopp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!