
Klopp: "Matipga o‘xshagan futbolchini topa olmaysiz"
Nemis mutaxassisi Yurgen Klopp o‘zining sobiq shogirdi, bir necha kun avval professional futboldagi faoliyatini yakunlagan Joel Matip haqida o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Matipga o‘xshagan ajoyib insonni topa olmaysiz. U o‘ziga xos tarzda komedik va g‘aroyib inson. Joel jahon darajasidagi futbolchi va nihoyatda kamtar. Bu ikki xislatni o‘zida jamlagan futbolchilar hozir juda kam uchraydi, - dedi Klopp.
Ma’lumot uchun, kamerunlik himoyachi bir necha kun avval 33 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar