Klopp murabbiylikni to‘xtatadi

  • 22 mart, 2021, 21:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub bilan amaldagi shartnomasi tugaganidan keyin nima qilishi haqida ma’lumot berdi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis 2024 yilning yozigacha imzolangan shartnomasini to‘liq bajarib, keyin murabbiylik faoliyatida tanaffus olishni rejalashtirmoqda.

53 yoshli Yurgen Klopp kamida bir yil futboldan chetda yurmoqchi. Uning bu qarori mutaxassis Germaniya terma jamoasini qabul qilmasligidan dalolat beradi. Chunki yozda bo‘ladigan Evropa chempionatidan so‘ng, Yoaxim Lyov Bundestim bosh murabbiyligidan iste’foga chiqariladi.

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar qatorida Yurgen Kloppning nomi ham tilga olinayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!