
Kloppni murabbiylikka qaytaradigan klub chiqdi
Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi murabbiylik faoliyatida tanaffus e’lon qilgan germaniyalik mutaxassis Yurgen Kloppni jamoa boshqaruviga olib kelmoqchi.
Bu haqda TEAMtalk nashri jurnalisti Rudi Galetti xabar tarqatdi.
Ma’lumki, “Al-Ittihod” ichki chempionatda Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi “An-Nasr”ga 0:2 hisobida yutqazib qo‘yganidan keyin frantsiyalik bosh murabbiy Loran Blan iste’foga chiqarilgan edi.
Yurgen Klopp 2015-2024 yillar davomida “Liverpul”ni muvaffaqiyatli boshqarib, jamoasi bilan Evropa Chempionlar ligasi va Angliya Premer-ligasi g‘olibiga aylantirgan edi.
Biroq tajribali mutaxassis 2024 yilning yozida bosh murabbiylikdan charchaganini ma’lum qilib, jamoani tark etdi. Uning o‘rniga kelgan Arne Slot debyut mavsumidayoq “Liverpul” bilan Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqdi.
Endi Saudiya Arabistonining eng qudratli klublaridan hisoblangan “Al-Ittihod” bir yil bosh murabbiylikdan chetda yurgan Kloppni jamoaga olib kelmoqchi.
Fikrlar