Kloppning o‘rniga Xabi keladi

  • 16 fevral, 2024, 17:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso yozda "Liverpul"ni tark etishini ma’lum qilgan mutaxassis Yurgen Klopp o‘rniga asosiy variant bo‘lib turibdi. Bu haqda "Footmercato" nashri xabar bermoqda.

"Qizillar" Alonsoni Kloppning o‘rnini bosishiga to‘liq ishonmoqda. Futbolchilik faoliyatida Alonso 2004 yildan 2009 yilgacha "Liverpul" sharafini himoya qilgan.

42 yoshli murabibbiy 2022 yilning oktyabridan beri Leverkuzenning "Bayer" klubini boshqarib kelmoqda. Joriy mavsum nemis grandi Xabi bilan chempionlik uchun kurashmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
16/02/2024 22:53
Яхши вариант, Алонсо.