Koman karantinga olindi

  • 15.09.2020 22:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” vingeri Kingsli Koman bugundan jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti.

Myunxenliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli frantsiyalik futbolchi koronavirusga chalingan shaxs bilan muloqotda bo‘lgani uchun uy karantiniga olingan. Ammo uning Covid-19ga topshirgan testi manfiy natija bergan. U endi ma’lum muddat o‘z uyida onlayn tarzda shug‘ullanadi.

Koman “Bavariya” safiga 2015 yilda “Yuventus”dan ko‘chib o‘tgan. U o‘tgan davr mobaynida 161 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 33 ta gol hamda 35 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!