
Konor Makgregor: "Meni hech kim sotib ololmaydi"
MMA yulduzi, 37 yoshli Konor Makgregor Irlandiya xalqiga murojaat qildi.
"Mening pullarim cheksiz va ular butun hayotimni ta’minlashga etadi. Bu degani, meni hech kim sotib ololmaydi, terrorchilar bilan ham muzokara qilmayman. Meni prezident qilish - bu mamlakatga shifo olib keladi. Bilaman, bu g‘alati eshitilyapti, lekin ushbu gaplar ayni haqiqat. Ishoning, men tasavvur qilganingizdan ancha kuchliman. Mening ajoyib jamoam bor va biz barchasini uddalaymiz. Sizdan kerak bo‘lgan yagona narsa - Konor Makgregorga ovoz berish!"- deb yozdi jangchi X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Irlandiyada navbatdagi prezidentlik saylovi 2025 yil noyabrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar