
Konseysau: "Goldan so‘ng yomon o‘ynadik, imkoniyatni qo‘ldan boy berdik"
'Milan" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau Italiya Kubogi finalida "Bolonya"ga qarshi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
– Birinchi taym teng o‘tdi, birinchi bo‘lib gol urish muhim edi. Ikkinchi taymda ko‘proq ish qilishimiz kerak edi. Raqibni tabriklash kerak, lekin ularning golidan so‘ng yaxshi o‘ynamadik. Biz bundan ko‘proqni qilishimiz lozim edi.
Muxlislar uchun bu alamli. Ushbu turda g‘alaba kichik detallarga bog‘liq bo‘ladi. Qabul qilgan qarorlarim o‘yin oldi tayyorgarligimizga mos edi, lekin natija chiqmadi — bu ham futbolning bir qismi.
Birinchi taymda himoyadan yaxshi chiqdik, ammo keyin shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ydik. Umuman olganda, imkoniyatni qo‘ldan boy berdik, – deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.
Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi mavsum yakunlangandan so‘ng lavozimini tark etish ehtimoli yuqori. Shu bilan birga, portugaliyalik hujumchi Joau Felish ham jamoani tark etish arafasida.
Fikrlar